Namangan viloyati Chust tumanida bolalarda kuzatilgan zaharlanish dori vositalari yoki ovqatdan zaharlanish emas. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Elmira Bositxonova matbuot anjumanida ma’lum qildi.
Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Namangan filialida tashkil etilgan matbuot anjumanida Sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari Elmira Bositxonova, Namangan viloyati hokimining o‘rinbosari Botirjon Nuriddinov va ommaviy axborot vositalari xodimlari qatnashdi.
Muloqot davomida vazir o‘rinbosari bolalarda kuzatilgan noxush holat dastlabki tekshiruvlarga ko‘ra, dori vositalari yoki ovqatdan zaharlanish emasligini alohida ta’kidlab, hozirda 20 ga yaqin analiz xulosalari olingani va chuqurlashtirilgan tahlillardan so‘ng vaziyatga aniqlik kiritishini bildirdi.
“Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan turli xabarlarga ishonavermaslik, bunday jarayonda faqatgina mutaxassislarning fikriga tayanib axborot tarqatilishi kerak. Ayni paytda salomatligidan shikoyat qilib kelayotgan yosh bolalarning 85 foizi sog‘ligi joyida, uylariga qaytishga birin-ketin ruxsat berilmoqda. Qolganlari kunning boshida ro‘yxatga olingan bo‘lib, ularning ham ahvoli yaxshilanib bormoqda”, — dedi Respublika ishchi guruhi rahbari Elmira Bositxonova.
Mavzuga doir:
Namangan viloyati Chust tumanidagi bog'chalarning birida bolalar zaharlandi
"71 nafar bolaning sog‘ligidan shikoyatlar qayd etilgan va ular shifoxonaga yotqizilgan" — Namanganda sodir bo‘lgan zaharlanish holati bo‘yicha qo‘shimcha ma‘lumot berildi
Chustda bog‘chada zaharlangani aytilayotgan bolalarning birining onasi bolasida kechgan holat haqida gapirib berdi
Shavkat Mirziyoyev Chust tumanida yuz bergan bolalar sogʻligʻi bilan bogʻliq noxush holatdan qattiq tashvishda, ular tez fursatda sogʻayib ketishini tilaydi
Andijon hokimi viloyat shoshilinch tibbiy yordam markazidagi bolalarni borib ko‘rdi
Maktab va bog‘chalarga tarqatilgan yod preparati iste’moli to‘xtatildi
Alpha version: 0.9.1.19 build 53108 | Инструменты