Huawei 1
Soliq organlarida 304 mingga yaqin ijara shartnomasi hisobga qo‘yildi

2023-yil 1-fevral holatiga ko'ra, soliq organlarida hisobga qoʻyilgan koʻchmas mulk ijara shartnomalari soni 303,6 mingtani tashkil etdi. Bu haqda Davlat soliq qo'mitasi matbuot xizmati xabar qildi.

Qayd etilishicha, jismoniy shaxslar oʻrtasida tuzilgan 250,4 mingta ijara shartnomalari asosida 2023-yilning yanvar oyida 16,7 mlrd soʻm daromad soligʻi hisoblangan. Bu oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 38,5 foizga oshgan.

Yuridik shaxslar oʻrtasida tuzilgan 53,1 mingta ijara shartnomalari asosida yanvar oyida 20,8 mlrd soʻm daromad soligʻi hisoblanib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 31,2 foizga oshgan.

Ta'kidlanishicha, talabalar bilan tuzilgan ijara shartnomalari soni 48 409 tani tashkil etdi.  Ijarada turuvchi talabalar soni esa – 79 145 nafar.

Shuningdek, soliq to‘lovchining uy-joylarni talabalarga ijaraga berishdan olgan daromadlari soliqdan ozod etilgan. Ularga daromad soligʻidan 3,7 mlrd soʻmdan ortiq imtiyoz qoʻllanilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 10914 | Инструменты