Solixon domla Ortiqxo‘jayev qamaldi

Ijtimoiy tarmoqlarda Solixon domla nomi bilan tanilgan Solixon domla Ortiqxo‘jayev 15 sutkaga qamaldi. Bu haqda Oliy sud Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, 30-mart kuni Sergeli tumani IIO FMB xodimlari va DXX xodimlari tomonidan jinoyatda gumon qilinib, qidiruvda bo‘lgan fuqaro bo‘yicha qidiruv ishlarini olib borish uchun Solixon domlaning Sergeli tumanidagi uyiga borishgan. Ammo, Solixon domla xodimlarga nisbatan nosamimiy munosabatda bo‘lib, baqir chaqir qilib, baland ovozda “terrorchi emasman, siyosatga qarshi emasman, jinoyatchi emasman” deb shovqin qilib, shu yerdan o‘tib ketayotgan fuqarolarning tinchiligini buzgan. 

Shuningdek, IIO xodimlari tomonidan o‘ziga tegishli bo‘lgan telefonini taqdim qilish so‘ralganida, ularga telefonini taqdim etmasdan, IIO xodimlarining qonuniy talablarini bajarmagan.

Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Sirg‘ali tuman sudi qarori bilan Solixon domla Ortiqxo‘jayev MJtKning 183-moddasi va 194-moddasi 1-qismi nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir qilgan deb topilib, unga 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq, ham Solixon domla Xorazm viloyatida istiqomat qiluvchi fuqarolar haqida yomon gaplar gapirgani uchun Zangiota tumani “Fath” jome masjidida imom noibi lavozimidan olingan edi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72711 | Инструменты