2024-yilda jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan 740 994 nafar shaxsga nisbatan 613 142 ta maʼmuriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish ko‘rib chiqilib, 469 568 nafar shaxsga nisbatan maʼmuriy jazo qo‘llanildi.
Yarashilganligi munosabati bilan 94 886 nafar shaxs maʼmuriy javobgarlikdan ozod etildi.
Ko‘rilgan maʼmuriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarning aksariyatini mayda bezorilik, avtomobil transportida yo‘lovchilar tashish faoliyati bilan litsenziyasiz shug‘ullanish, ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik, haqorat qilish, elektr, issiqlik energiyasi, gazdan foydalanish qoidalarini buzish, transport vositalari haydovchilarining yo‘l harakati qoidalarini buzishi jabrlanuvchiga yengil tan jarohati yoki ancha miqdorda moddiy zarar yetkazilishiga olib kelishi, savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzish, jamoat joylarida alkogol mahsulotini isteʼmol qilish, transport vositalarini mast holda boshqarish va sovuq qurolni yoki sovuq qurol sifatida foydalanishi mumkin bo‘lgan ashyolarni olib yurish bilan bog‘liq maʼmuriy huquqbuzarliklar tashkil etadi.
Apellyatsiya tartibida 9 899 nafar shaxsga nisbatan 8 297 ta maʼmuriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish ko‘rib chiqildi. 2 581 nafar shaxsga nisbatan birinchi instansiya sudlari tomonidan chiqarilgan qarorlar bekor qilinib, 2 945 nafar shaxsga nisbatan chiqarilgan sud qarorlari o‘zgartirildi.
Kassatsiya tartibida 7 124 nafar shaxsga nisbatan 6 657 ta maʼmuriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish ko‘rib chiqildi. 2 644 nafar shaxsga nisbatan birinchi instansiya sudlari tomonidan chiqarilgan qarorlar bekor qilinib, 1 863 nafar shaxsga nisbatan chiqarilgan sud qarorlari o‘zgartirildi.
Oliy sudning Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hayʼati tomonidan taftish tartibida 1 919 nafar shaxsga nisbatan 1 769 ta maʼmuriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish ko‘rib chiqildi. 359 nafar shaxsga nisbatan quyi sudlar tomonidan chiqarilgan qarorlar bekor qilinib, 464 nafar shaxsga nisbatan chiqarilgan sud qarorlari o‘zgartirildi.
Eslatib o'tamiz, bundan oldin 2024-yilda mingga yaqin hokim qarorlari haqiqiy emas deb topilgani haqida xabar bergan edik.
Alpha version: 0.9.1.19 build 21117 | Инструменты