9 fevral kuni DXX Chegara qo‘shinlari tomonidan Bojxona qo‘mitasi bilan hamkorlikda yirik miqdordagi giyohvandlik vositalarining O‘zbekistonga olib kirilishiga qarshi navbatdagi tadbirda 2986 dona supurgining dastaklari orasidan qoradori topildi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Surxondaryo viloyatidagi “Termiz avtoyo‘llari” xalqaro o‘tkazish punkti orqali O‘zbekiston hududidan tranzit tarzida o‘tish uchun kirib kelgan yuk avtotransport vositasini belgilangan texnologik sxema asosida chegara nazoratidan o‘tkazish jarayonida mazkur avtotransport vositasiga ortilgan 13,5 tonna og‘irlikdagi supurgi xodimlarning diqqatini tortgan.Shundan so‘ng, mazkur avtotransport vositasi “Termiz avtoyo‘llari” xalqaro o‘tkazish punktiga tutash hududdagi “Termiz” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti tasarrufidagi bojxona omboriga keltirilib, undagi tovarlar chuqurlashtirilgan ko‘rikdan o‘tkazilgan.
Aniqlanishicha, yuk avtotransport vositasiga 180 ta qopda supurgi jo‘xorisi o‘simligidan tayyorlangan 22 ming 500 dona xo‘jalik supurgisi ortilgan. Mazkur supurgilarni sinchiklab ko‘zdan kechirish davomida 2986 dona supurgining dastaklari orasiga aynan supurgi rangiga mos ravishda sariq rangdagi skotch bilan o‘ralgan o‘rtacha 25 santimetr uzunlikdagi polietilen o‘ramlar mohirlik bilan yashirilgani fosh bo‘ldi. Ushbu o‘ramlar belgilangan tartibda va xolislar ishtirokida ochib ko‘rilganida, ularning ayrimlari ichiga o‘rtacha 200 gramm og‘irlikdagi o‘tkir hidli giyohvandlik vositasiga o‘xshash modda yashirilgani aniqlandi.
Mazkur holatda 2984 dona supurgi dastaklaridan ajratib olingan o‘ramlardagi o‘tkir hidli to‘q jigarrang giyohvandlik vositalari ekspress analiz natijalariga ko‘ra, “gashish” giyohvandlik moddasi ekani aniqlandi va uning og‘irligi o‘ramlari bilan birga 612 kilogrammni tashkil qiladi.
Avvalroq, Farg‘onada qora doriga qarshi reydda 8 kishi ushlangani haqida xabar qilgan edik.
Alpha version: 0.9.1.19 build 21102 | Инструменты