Avvalroq, Tadbirkor ayollar kengashi tashkil etilgani haqida xabar bergan edik. Ushbu kengashning tarkibi tasdiqlandi. Mazkur tarkib prezident Shavkat Mirziyoyevning 2025yil 14-martdagi PQ-103-sonli qarori bilan tasdiqladi.
Quyidagi rasm orqali kengashning a'zolari bilan tanishing:
Kengashning asosiy vazifalari:
- Muntazam ravishda hududlarga chiqib, tadbirkor xotin-qizlarning muammolarini o‘rganish va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
- Tadbirkor ayollarning ilg‘or tajribalarini boshqa hududlarda ommalashtirishga ko‘maklashish;
- Avval tadbirkorlik loyihalarini amalga oshirgan xotin-qizlar bilan manzilli ishlab, ularning muammolarini hal qilish va biznes faoliyatlarini rivojlantirishga ko‘maklashish;
- Tizimli muammolarni hal qilish yuzasidan Hukumat va Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga takliflar kiritib borish.
Alpha version: 0.9.1.19 build 31820 | Инструменты