Huawei 1
Tanzila Norboyeva Olmazor tumanining yangilanayotgan infratuzilmasi bilan tanishdi

"Prezidentimiz topshirig‘i asosida tashkil etilgan “112” yagona dispetcherlik xizmati markazida bo‘lib, ish faoliyati, har bir murojaat tahlili va ijrosi  bo‘yicha mas’ullar bilan suhbat qildik.

Tumanning yangilanayotgan infratuzilmasi, gastronomik turizmga mo’ljallangan loyihalar bilan tanishildi.

Bayram arafasida ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar holidan xabar oldik, ularning yashash sharoitlarini yanada yaxshilash, sog’liqlarini tiklash bo‘yicha zarur ko‘rsatmalar berildi.

Mahalla faollari, mehri daryo hamyurtlarimiz bilan samimiy suhbatimiz chog‘ida, “inson qadri” tamoyili bugun amalda o‘z tasdig‘ini topayotganligining guvohi bo‘ldik", — deyialdi Senat raisining Telegram kanalida.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91423 | Инструменты