Toshkent shahri Mirzo Ulug'bek tumanida ayanchli YTH sodir bo'ldi. Bu haqda Toshkent shahri yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 21-yanvar kuni soat 09:40 larda Mirzo Ulug'bek tumani Buyuk Ipak yo'li ko‘chasida haydovchi 1965-yilda tug‘ilgan O.S. "GAZ-32221" rusumli avtomashinasini boshqarib kelayotib, yo’lning belgilanmagan joyidan kesib o’tayotgan piyoda 1993-yilda tug’ilgan D.T.ni urib yuborgan.
So'ngra rul boshqaruvini yo'qotib, haydovchi 1990-yilda tug'ilgan Z.Z. boshqaruvidagi BYD rusumli avtomashinasiga to'qnashgan. To'qnashuv zarbidan so'ng BYD avtomashinasi, haydovchi 1954-yilda tug'ilgan R.T. boshqaruvidagi Matiz rusumli avtomashinasi bilan to'qnashgan.
YTH natijasida piyoda olgan tan jarohatlari natijasida voqea joyida vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.
Eslatib o'tamiz, bundan oldin Farg‘onada mast haydovchi boshqaruvidagi Damas urib yuborgan ikki kishi vafot etgani haqida xabar bergan edik.
Alpha version: 0.9.1.19 build 12216 | Инструменты