Bugun ijtimoiy tarmoqlarda bir ko'chada quvurdan otilib, katta hajmdagi suv chiqayotgani aks etgan videolar tarqaldi.
Ma'lum bo'lishicha, holat bugun, 15-sentyabr kuni Toshkent shahrining Uchtepa tumnida sodir bo'lgan. Tuman hokimligining xabar berishicha, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida 9-issiqlik markazidan chiqqkan issiqlik quvirlarini yuqori bosimga tekshirish ishlari olib borilayotgan paytida, Shirin ko‘chasi bo‘ylab o‘tgan Du-800 issiqlik quvuri yorilib ketgan.
"Ayni damda avariya holatining birinchi bosqichi bartaraf etilib, ta’mirlash ishlari bajarilmoqda. Biz bu mavzuga yana qaytamiz", deydi hokimlik.
Kecha Toshkentdagi ko'chalarning birida yo‘l o‘rtasidan issiq suv otilib chiqqani bo'yicha xabar bergandik.
Alpha version: 0.9.1.19 build 20718 | Инструменты