Mas'ul tashkilot holat yuzasidan munosabat bildirdi
Toshkent shahri Muhammad Yusuf ko‘chasidan o‘tgan issiq suv tarmog‘ida nosozlik yuzaga keldi. Holat yuzasidan "Veolia Energy Tashkent" mas’uliyati cheklangan jamiyati xususiy korxonasi rasmiy munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, "Veolia Energy Tashkent" mas’uliyati cheklangan jamiyati xususiy korxonasi tomonidan 2022-2023 yillarda isitish mavsumiga sifatli tayyorgarlik ko‘rish maqsadida joriy yil 13-sentabr kuni 1-IM qozonxonasining amal qilish hududida issiqlik quvurlarining mexanik chidamliligi va zichliligi sinovdan o‘tkazilgan.
Shuningdek, tasdiqlangan jadval asosida o‘tkazilgan sinov jarayonida Muhammad Yusuf ko‘chasidan o‘tgan diametri 500mm bo‘lgan issiqlik tarmog‘ida avariya sodir bo‘ldi, natijada yer ostidan issiq suv otilib chiqishi kuzatilgan.
Hozirda issiq suv chiqishi to‘xtatilib, maxsus texnikalar yordamida avariyani zudlik bilan bartaraf etish choralari ko‘rilayotgani ma’lum qilingan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 20720 | Инструменты