Huawei 1
Toshkent viloyati hokimi telefon ishlatishdan voz kechgan maktabga 300 mln so‘m va’da qildi

Toshkent viloyati hokimi Zoir Mirzayev viloyatda "Telefonsiz maktab" tashabbusini ilgari surib, o‘qituvchilari va o‘quvchilari telefon ishlatishdan voz kechgan maktabga 300 million so‘m pul mukofoti berishini ma’lum qildi.

U Chirchiq shahrida viloyat Ta’lim kengashining yig‘ilishida maktabda telefon ishlatishni tanqidga olib, ota-onalar bilan kelishgan holda o‘quvchi va o‘qituvchilarga maktab hududida telefon ishlatishni taqiqlash kerakligini aytdi.

"Kuni kecha ijtimoiy tarmoqda ko‘rgan bo‘lsangiz, Markaziy Osiyo davlatlarida maktab hududida telefondan foydalanish taqiqlandi. O‘qituvchilarga ham maktab hududida olib kirish, dars vaqtida foydalanish taqiqlanibdi. Hozir sizlar shu narsani davlat qonuni chiqarib bersin, deya kutyapsizlar. Lekin o‘zingiz, ota-onalar bilan kelishib, telefondan voz kechishni targ‘ib qilmayapsiz. Ota-onalar bilan kelishib, tajriba sifatida 11 oy telefonni kiritmadik. Kitob o‘qiydiganlar shunchaga ko‘paydi, darsni o‘zlashtirish shunchaga ko‘paydi, degan narsani hech kim sinovdan o‘tkazmadi-ku. Nega shunday tashabbus bilan chiqmayapsizlar?", - deydi hokim.

Zoir Mirzayev "Telefonsiz maktab" tashabbusini qilgan maktabga 300 mln so‘m pul mukofoti berilishini ma’lum qildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 20420 | Инструменты