Huawei 1
Toshkent viloyati hokimining 2 o‘rinbosari va Yuqori Chirchiq hokimiga xizmat mashinalari olish uchun 1,3 mlrd so‘m ajratildi

Toshkent viloyati hokimi Zoir Mirzayevning 15-noyabrdagi farmoyishi bilan uchta mashina xarid qilish uchun 1 milliard 336,5 million so‘m ajratiladi. Bu bo' hujjat “E-qaror” elektron tizimiga joylashtirilgan.

Farmoyishda keltirilishicha, avtomashinalar uchun mablag‘ viloyat mahalliy budjetining 2023-yil 3-chorak yakuni bilan shakllangan daromadlar rejasining orttirib bajarilgan qismi hisobidan ajratiladi. 

Avtomobillar Zoir Mirzayevning birinchi o‘rinbosari Abdurasul Abdullayev, viloyat hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Otabek Sultonbekov va Yuqori Chirchiq tumani hokimi Uskenbay Atemov mo‘ljallangan.

Hokimlik matbuot xizmatining ma'lum qilishicha, mashinalar BYD gibrid turkumidagi avtomobillar sanaladi. Amaldagi xizmat avtotransportlarini almashtirishga ehtiyoj ulardan 5 yildan ortiq foydalanilgani sababli tug‘ilgan.

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-apreldagi qaroriga muvofiq,

— viloyat hokimlarining o‘rinbosarlari xizmat avtotransportining eng yuqori narxi — BHMning 1500 baravari (495 million so‘m)dan;

— tuman va shahar hokimlariniki — BHMning 1000 baravari (330 million so‘m)dan oshmasligi kerak.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 20420 | Инструменты