Toshkent viloyati IIBB va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligida viloyat hududida “Xavfsiz hudud” tezkor profilaktik tadbiri oʻtkazilmoqda.
Tadbirda giyohvandlik va psixotrop moddalar bilan bogʻliq jinoyatlarga qarshi kurash yoʻnalishda oʻtkazilgan tadbirlar natijasida 266 ta holat aniqlanib, jami 123,8 kg giyohvand va psixotrop moddalar noqonuniy muomaladan chiqarildi. Bu orqali minglab insonlarning ushbu zararli moddalar bilan zaharlanishining oldi olindi.
Xususan, Chinoz tumanida oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, Qashqadaryo viloyatida yashovchi, 1993-yilda tugʻilgan shaxs “gashish” giyohvandlik vositasini avtomashinada yashirincha olib ketayotgan vaqtida qoʻlga olindi. Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.
Eslatib o'tamiz bundan oldin 2024-yilda bojxonachilar to‘xtatib qolgan giyohvand moddalar 1 tonnadan oshgani haqida xabar bergan edik.
Alpha version: 0.9.1.19 build 31618 | Инструменты