Huawei 1
Toshkent viloyatida ayol tanasiga dori yashirib, chegaradan olib o‘tmoqchi bo‘ldi

Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi “G‘ishtko‘prik” chegara bojxona post orqali qo‘shni mamlakatdan yurtimizga kirib kelayotgan fuqaro xati-harakatlari bojxona xodimlarining eʼtiborini tortdi.

O‘tkazilgan shaxsiy ko‘rik natijasida og‘zaki so‘rovda maʼlum qilinmagan hamda deklaratsiyalanmagan, xorijda ishlab fuqaro o‘z tanasining bel va oyoq qismlariga oldindan yashirib olingan 116 mln so‘mlik dori vositalari borligi aniqlandi.

Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom etmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 100923 | Инструменты