Huawei 1
Toshkent viloyatida isitishda rezina shinalardan foydalangan issiqxonalar jarimaga tortildi

8-fevral kuni tungi vaqtda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o’zgarishi vazirligi, Toshkent tabiatni muhofaza qilish prokuraturasi, Milliy gvardiya va IIV xodimlari bilan birgalikda Toshkent viloyatidagi 39 ta issiqxonada ekologik nazorat tadbirlari olib borildi.

Tadbir davomida Toshkent tumanida 13 ta, Qibray tumanida 10 ta, Zangiota tumanida esa 16 ta issiqxona faoliyati o’rganildi. 

O’rganish davomida ayrim issiqxonalarda isitish maqsadida atmosfera havosini ifloslantiruvchi vositalar, xususan, rezina shinalardan foydalanilayotgani aniqlandi. Natijada Toshkent tumanida 1 ta, Qibrayda 5 ta, Zangiotada esa 2 issiqxonaga nisbatan jarima qo’llanildi. 

Eslatib o'tamiz, bundan oldin Ekologiya vazirligi Toshkent havosi sifati buzilgani ko’rsatkichlari bo’yicha izoh bergan edi

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 21100 | Инструменты