Yangi o‘tish punktlari O‘zbekiston fuqarolari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, sakkizta elektron yo‘lak bilan jihozlangan. Endilikda yo‘lovchilar biometrik pasportini skanerga qo‘yib, Face ID orqali shaxsini tasdiqlaydi. Jarayon tugagach, turniket avtomatik tarzda ochiladi. Butun tekshiruv 15–20 soniya ichida amalga oshadi.

E-Gate tizimi Toshkent aeroportida ilk bor 2023-yilda xalqaro terminalning jo‘nash zalida joriy etilgan edi. Endilikda avtomatlashtirilgan yo‘laklarning umumiy soni 20 taga yetdi.

Mazkur texnologiya pasport nazorati jarayonini tezlashtiradi, o‘tkazuvchanlikni oshiradi hamda yo‘lovchilar uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 111221 | Инструменты