Toshkent hayvonot bog‘i anomal sovuq kunlarida jonivorlar uchun qanday sharoit hozirlangani haqida ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, hayvonlarning toza havoda yurishi, yog‘ingarchilik bo‘lsa, yopiq xonada sayr qilishi uchun korpusning tashqi va ichki qismlari orasidagi kirish joyi doimo ochiq. Ma'lum qilinishicha, ba’zi jonivorlar volyerlariga somondan tayyorlangan tabiiy isituvchi sholchalar qo‘yildi. Xususan, "Terrarium", "Yirtqichlar" va "Primatlar" bo‘limlarida yerosti isitish tizimi mavjud."Akvarium" bo‘limida sovuq havoda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan elektr uzilishlari vaqtida generatorlar ishga tushadi. Bularning barchasi ularni doimiy 24/7 rejimida kislorod bilan ta’minlash uchun amalga oshiriladi.
Qolaversa, jonivorlar saqlanadigan xonadagi umumiy harorat markaziy isitish tizimi orqali ta’minlanadi, kechayu kunduz videokuzatuv va xodimlarning navbatchiligi jonivorlarning o‘zini qanday his qilayotganidan doimo xabardor bo‘lish imkonini beradi."Issiq choy bilan isinib, bizning postlarimizni o‘qing va imkoni bo‘lsa, bog‘imizga tashrif buyuring", — deyiladi bog' matbuot xizmati xabarida.
Alpha version: 0.9.1.19 build 13007 | Инструменты