Huawei 1
Toshkentda 62 yoshli erkak talaba qizlar yotoqxonasining binosi oldida uyatsiz harakat qilgani uchun 15 sutkaga qamaldi

Ijtimoiy tarmoqlarda nomaʼlum erkak kishining jamiyatda yurish-turish qoidalarini buzganligini aks etgan video tarqalib turli muhokamalarga sabab bo‘lmoqda

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB munosabat bildirdi

Qayd etilishicha, joriy yilning 24-may kuni taxminan soat 15:00 larda Uchtepa tumanida joylashgan oliygohlardan birining qizlar uchun mo‘ljallangan yotoqxonasi oldida, 62 yoshli  Z.E. jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan mayda bezorilik sodir etgan. 

Ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida ushbu fuqaro ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Uchtepa tumani IIO FMB tomonidan fuqaro Z.E.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 183-moddasi (Mayda bezorilik) bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilgan hamda Jinoyat ishlari bo‘yicha Uchtepa tumani sudi tomonidan unga nisbatan 15 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlangan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 21115 | Инструменты