Huawei 1
Toshkentda avtobusda ayolning yuziga tuflagan erkak 10 sutkaga qamaldi

Avvalroq, Toshkentda erkak avtobusda janjal ko‘tarib, ayolning yuziga tupurgani haqida xabar bergan edik

Ayol ushbu holatga quyidagicha izoh berdi.

“Men o‘sha kuni avtobusga chiqqan vaqtimda avtobus ichi issiq edi. Men futbolka ustimdan “jenfer” kiyib olgandim. Issiqlik sababli “jenfer”imni yechib turgan edim. Bekatimga yaqinlashganimda, uni qayta kiyganimda shu holat sodir bo‘ldi. Bir kishi "Nima uchun bu yerda yechinyapsan, betarbiyasan," deb haqorat qildi va yuzimga tufladi".

Biroq yo‘lovchi tuflaganini tan olmagan.

“Men keyin ko‘rib chiqdim, ular montaj qilib chiqarib yuborgan. Oxirigacha video yo‘q edi. Yo‘q, tuflamaganman. Jahl ustida gapirayotganimda chiqib ketgan bo‘lishi mumkin. O‘sha yerda uzr ham so‘rab chiqdim”,- deydi yo‘lovchi erkak.

Holat yuzasidan maʼmuriy ish JIB Uchtepa tuman sudida ko‘rib chiqildi. Yo‘lovchi erkak MJtKning 183-moddasida sodir etilgan huquqbuzarlikni sodir etgan deb topilib, unga 10 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 120422 | Инструменты