“Millar” dasturining xabar qilishicha, Toshkentda ayol 4 nafar chaqaloqni dunyoga keltirdi.
Yosh oila asli Surxondaryodan bo‘lib, chaqaloqlar shifokor ko‘rigida bo‘lishi uchun ular Toshkentga kelgan.
Er-xotinning 2 yoshli qiz farzandi bo‘lgan. Hozir esa farzandlarining soni 5 nafarni tashkil qilmoqda.
Bolalar ikki o‘g‘il va ikki qiz. Ularga Muhammad, Mustafo, Sumaya va Safiya ismlari qo‘yildi. Ayni vaqtda ular sog‘lom.
Alpha version: 0.9.1.19 build 11718 | Инструменты