Toshkentdagi "O‘zekspomarkaz"da o‘tkazilgan qishloq xo‘jaligi texnikalari ko‘rgazmasi doirasida bemor bolalar chizgan suratlar uchun auksion ham tashkil qilindi.
Auksionda ramziy tarzda bog‘dodlik dehqonlar yetishtirgan 10 bosh uzum sotuvga qo‘yildi. 10-raqamli bir bosh uzum 10 million so‘mga sotildi. Auksionda jami 30 million so‘m yig‘ildi. Ushbu mablag‘lar bemor bolalarning davolanishiga sarflanadi.
Ko‘rgazma ertaga ham davom etadi. Unda Olimpiada chempionlari Bahodir Jalolov va Diyora Keldiyorova ishtirok etib, chempionlar foydalangan qo‘lqop va kimono auksionga qo‘yiladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 112816 | Инструменты