Huawei 1
Toshkentda Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetiga oʻqishga kiritib qoʻyishni vaʼda qilganlar ushlandi

Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chinoz tumani boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda ma'lum qilingan. 

Aniqlanishicha, Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti oʻrganuvchi-oʻqituvchisi I.B. fuqaro R.ni 7 000 AQSH dollari evaziga yuqori lavozimida ishlovchi tanishlari orqali ushbu universitetga oʻqishga kiritib qoʻyishga ishontirgan. 

 Bu uchun oldindan 3 500 AQSH dollarini olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Xuddi shunday, Departament hamda DXXning Uchtepa tumani boʻlimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, Toshkent davlat agrar universiteti sport klubi murabbiyi S.A. va boshqalar oldindan til biriktirib, fuqaro Sh.ni Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetiga yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari orqali oʻqishga kiritib qoʻyish evaziga 4 200 AQSH dollarini olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilayotgani ma'lum qilingan.
Eslatib o'tamiz, avvalroq, Toshkent viloyatida 23,5 ming dollarga 7 gektar yer olib berishni va'da qilganlar ushlangani haqida xabar bergan edik. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 10617 | Инструменты