Huawei 1
Toshkentdagi qaysi istirohat bog‘larida bayram tadbirlari o‘tkazilishi aytildi

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan poytaxtning 12 ta tumanida joylashgan istirohat va ko‘ngilochar bog‘larida xalq sayllari hamda ommaviy bayram tomoshalari bo‘lib o‘tadi.

Jumladan: 

  • Bektemir tumanidagi Coca-cola Garden bog‘i;
  • Mirobod tumanidagi “Furqat” madaniyat va istirohat bog‘i;
  • Mirzo Ulug‘bek tumanidagi Central Park;
  • Sergeli tumanidagi Sergeli markaziy xiyoboni;
  • Olmazor tumanidagi Beruniy maydoni;
  • Uchtepa tumanidagi  Eko Seul bog‘i;
  • Chilonzor tumanidagi Dream Park istirohat bog‘i;
  • Yunusobod tumanidagi “Uzekspomarkaz” maydoni;
  • Shayxontohur tumanidagi “Navro‘z” bog‘i;
  • Yashnobod tumanidagi “Ashxobod” istirohat bog‘i;
  • Yangihayot tumanidagi Green Park istirohat bog‘i;
  • Yakkasaroy tumanidagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi binosining old maydoni. 

Istirohat bog‘larida 2-sentyabr kuniga qadar bayram tomoshalari rejalashtirilgan.

Har bir bog‘ ma’muriyati o‘zining imkoniyatlaridan kelib chiqib  qo‘shimcha tadbirlarni ham tashkil etadi. Bayram tomoshalari 18:00 dan so‘ng boshlanadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91423 | Инструменты