Huawei 1
“Toshturma”da kuniga 4-6 soat suv berilayotgani haqidagi xabar yuzasidan izoh berildi

Xalq tilida “Toshturma” nomi bilan tanilgan qamoqxonada kuniga atigi 4-6 soat davomida suv berilayotgani haqida xabar tarqaldi. Unday aytilishicha, IIV huzuridagi JIED Markaziy tergov hibsxonasida saqlanayotgan mahbuslarda shu kunlarda muassasada suv ta’minotida jiddiy uzilishlar bo‘layotganidan, xususan, sutkasiga atiga 4-6 soat davomida suv berilayotganidan ommaviy norozilik kayfiyati yuzaga kelgan.

Holat yuzasidan IIV axborot xizmati rahbari Shohrux G‘iyosov izoh berdi. Uning so'zlariga ko'ra, mazkur axborot haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.

"IIV Jazoni ijro etish departamenti tasarrufidagi muassasalardagi holat nazorat qiluvchi organlar va tegishli ma’sullar tomonidan doimiy ravishda o‘rganib boriladi", dedi Shohrux G‘iyosov.
Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 12608 | Инструменты