Huawei 1
O‘zbekiston Prezidentini rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi

5-fevral kuni Kuala-Lumpur shahridagi "Perdana Putra" hukumat majmuasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Davlatimiz rahbarini Malayziya Bosh vaziri Anvar Ibrohim kutib oldi.

Oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. Ikki mamlakat davlat madhiyalari yangradi.

O‘zbekiston Prezidenti faxriy qorovul safi oldidan o‘tdi. So‘ng ikki davlat yetakchilari rasmiy delegatsiyalar a’zolari va diplomatik korpus vakillarini qutladilar.

Birgalikda suratga tushish marosimidan so‘ng oliy darajadagi muzokaralar boshlandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 31300 | Инструменты