Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining Turizm vazirlari VI yig’ilishi o’zi ishini boshladi
Bugun, 24 iyun kuni Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining Turizm vazirlari VI yig’ilishi o’zi ishini boshladi. Bu haqda Uzreport TV muxbiri xabar qildi.
Aziz Abduhakimov tadbirni ochib berar ekan: “Tilimiz, dinimiz va madaniyatimiz o’xshash bo’lgan bu davlatlar o’rtasidagi mehmondo’stlik sanoati- turizmni rivojlantirishdan hammamiz manfaatdormiz", deya ta'kidladi.
Shuningdek, pandemiya sabab turizm ancha zarar ko’rganligi, ammo uni yaxshilash faqat xalqlar va davlatlaro munosabatlarni yuqori bosqichga ko’tarish evaziga bo’lishi mumkinligi qayd etildi.
Tadbirda Aziz Abduhakimov transport -logistikani rivojlantirish shu jumladan, avtobus, poyezd va havo yo’llari orqali qatnovni kengaytirish, sayyohlarning o’z mashinasida qatnashiga imkoniyat yaratish, shu bilan birga mahalliy telekanallar orqali - turizm va turkiy xalqlar aloqalariga bag’ishlangan turli ko’rsatuv va videoroliklarni ko’paytirish zarurligini ta'kidlab o'tdi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 12714 | Инструменты