Huawei 1
UzAuto Motors 17-yanvardan boshlab shartnomalar bo‘yicha avtomobillarni yetkazib berishni qayta tiklaydi

UzAuto Motors kompaniyasi 2023-yilning 17-yanvar sanasidan boshlab avval tuzilgan shartnomalar bo’yicha avtomobillarni yetkazib berishni qayta tikladi.

Bundan tashqari kompaniya 2023-yildan boshlab QQS stavkasining 15 foizdan 12 foizgacha pasaygani munosabati bilan xaridorlarga avtomobil narxi pasayishini ma’lum qildi.

Avtomobil narxining pasayishi bugungi kunga qadar jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan tuzilgan hamda shartnoma shartlariga muvofiq to’lovni amalga oshirgan amaldagi shartnomalarga nisbatan qo’llaniladi.

QQS pasaytirilishi munosabati bilan "UzAvto Motors" 2022-yilda shartnoma imzolagan xaridorlarga avtomobil narxining 2,6 foizini qaytarib beradi.

Masalan: "Onix" uchun to‘laganlar taxminan 5 millionni qaytarib oladi, "Gentra" uchun 4 million.

"Hurmatli xaridorlar, shartnomangiz boʻyicha avtomobil narxining qanchaga pasayganligi haqida ma’lumot olish uchun o'z dilerlik markazingizga murojaat qilishingizni so’raymiz", - deyiladi kompaniya xabarida.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 32001 | Инструменты