Huawei 1
Vyetnamga qiymati 219,7 ming AQSH dollariga teng bo'lgan qalampir eksport qilindi

2020 yilning 8 oyi davomida O'zbekiston 13 ta xorijiy davlatlarga qiymati 314,3 ming AQSH dollariga teng bo'lgan qalampir eksport qilgan. Bu ko'rsatkich o'tgan yilning mos davriga nisbatan 70,1 ming AQSH dollariga oshgan.

Davlat statistika qo'mitasi ma'lumotlariga ko'ra, o'tgan 8 oy mobaynida O'zbekiston qalampir mahsulotlarini eng ko'p eksport qilgan davlatlar:

Vyetnam – 219,7 ming  
Braziliya – 67,1 ming  
Germaniya – 11,1 ming  
Rossiya – 4,6 ming
Turkiya – 3,9 ming
Gruziya – 3,5 ming  
Ispaniya – 1,1 ming AQSH dollari

Ma'lumot o'rnida, 2020 yilning 8 oyida hududlar orasida Samarqand viloyati eng ko'p ya'ni, qiymati 121,4 ming AQSH dollariga teng bo'lgan qalampir eksport qilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga