Huawei 1
Xorazmlik fermer Egamberdi Sobirov "Do‘stlik" ordeni bilan mukofotlandi

"Egamberdi Sobirovni "Do‘stlik" ordeni bilan mukofotlash to‘g‘risida"gi prezident farmoni e'lon qilindi

"Mamlakatimiz qishloq xo‘jaligi sohasidagi ko‘p yillik samarali mehnati, zamonaviy agrotexnika usullarini qo‘llash orqali hududning og‘ir va murakkab sharoitida ekin maydonlarining meliorativ holatini yaxshilash, paxta va g‘alla yo‘nalishlarida yuqori hosildorlikka erishish, aholi farovonligini oshirishga qo‘shayotgan munosib hissasi, shuningdek, ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligi faoliyatini namunali yo‘lga qo‘yish, yangi ish o‘rinlari yaratish borasidagi katta xizmatlari hamda jamoat ishlaridagi faol ishtiroki uchun Xorazm viloyati Xonqa tumanidagi "Sultonboy Xonimjon" fermer xo‘jaligi boshlig‘i Sobirov Egamberdi Sultonovich "Do‘stlik" ordeni bilan mukofotlansin", deyiladi farmon matnida. 

Eslatib o'tamiz, bundan oldin To‘lqinjon Mansurov "Do‘stlik" ordeni bilan mukofotlangani haqida xabar bergan edik

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 31819 | Инструменты