Huawei 1
Xurram Jo‘rayev yangi tashkil etilgan Ko‘kdala tumaniga hokim etib tayinlandi

Bugun xalq deputatlari Chiroqchi tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada tuman hokimi Jo‘rayev Xurram Abdurazikovich Prezident qaroriga muvofiq, Qashqadaryo viloyati tarkibida yangi tashkil etilgan Ko‘kdala tumaniga hokim etib tayinlanishi munosabati bilan vazifasidan ozod etildi.

Sessiyada deputatlar Erkayev Nodir Xudoyberdiyevichni Chiroqchi tumani hokimi lavozimiga tasdiqlashdi.

Nodir Erkayev 1971-yilda Chiroqchi tumanida tug‘ilgan. Toshkent moliya instituti va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan.

U Qashqadaryo viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari - viloyat iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 20720 | Инструменты