Huawei 1
5-oltin! Lazizbek Mullojonov ham Olimpiada chempioniga aylandi

Farg‘ona boksining yana bir yorqin vakili Lazizbek Mullajonov O‘zbekiston delegatsiyasiga navbatdagi oltin medalni taqdim qilmoqda.

-92 kg vazn toifasida ishtirok etgan yurtdoshimiz chempionlik bahsida ozarbayjonlik Loren Alfonso Domingesni mag‘lub etib, oltin medalga sazovor bo‘ldi.

O‘zbekiston delegatsiyasi beshinchi oltin medalga ega bo‘ldi va olimpiadadagi rekordini yangiladi. Shu paytgacha bitta olimpiadadagi eng yaxshi natija — 4ta oltin medal edi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91012 | Инструменты