Huawei 1
Bahodir Jalolov WBC‘ning yangilangan reytingida yana ko‘tarildi

Butunjahon boks ittifoqi (WBC) iyul oyi uchun yangilangan reytingni eʼlon qildi.

Ushbu ro‘yxatdan 8 nafar bokschimiz joy olgan:

Superog‘ir vazn: Bahodir Jalolov o‘tgan oydagidan 1 pog‘ona ko‘tarilib, 9-o‘ringa joylashdi;

Supero‘rta vazn toifasi (76,2 kg): Bektemir Meliqo‘ziyev o‘tgan oydagidan bir pog‘ona pastlab, 14-o‘rinda;

Yarimo‘rta vazn (66,6 kg): Shahram G‘iyosov o‘tgan oydagi kabi 8 -o‘rinni band etgan bo‘lsa, Jahongir Rasulov 4 pog‘ona yuqoriladi va 27-o‘rinni egalladi;

Birinchi yarimengil vazn (55,3 kg): Murodjon Ahmadaliyev 4-o‘rinda qoldi; Mirazizbek Mirzaxalilov o‘tgan oydagi kabi 28-o‘rinni band etdi;

Yengil vazn (50,82 kg): Olimjon Nazarov o‘tgan oydagidan 4 pog‘ona pastlab, 34-o‘ringa joylashdi;

Birinchi o‘ta yengil vazn (47,6 kg): Hasanboy Do‘smatov o‘tgan oydagi singari 5-o‘rindan joy oldi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 90806 | Инструменты