Huawei 1
Isroil Madrimov yangilangan WBO reytingida 10-o‘rinda qayd etildi, uning bo‘lajak raqibi 14-pog‘onada

Butunjahon boks tashkiloti (WBO) birinchi yarimo‘rta vazn toifasining yangilangan reytingini eʼlon qildi.

Reytingda hamyurtimiz sobiq WBA chempioni Isroil Madrimov o‘ninchi o‘rindan joy oldi. Uning bo‘lajak raqibi ukrainalik Sergey Bogachuk esa 14-o‘rinni egallab turibdi. Ular o‘rtasidagi jang 21 dekabr kuni Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahrida tashkil etiladi.

WBO reytingi:

1. Ksander Zayas

2. Josh Kelli

3. Charlz Konvell

4. Takeshi Inoue

5. Xesus Ramos

6. Cherdal Buker

7. Xorxe Garsiya Peres

8. Freydis Roxas

9. Ardreal Xolms

10. Isroil Madrimov...

14. Sergey Bogachuk.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 120300 | Инструменты