Huawei 1
Jahon rekordchisi Ruslan Nuriddinov Konyada ham tengsiz!

Xabaringiz bor, Turkiyaning Konya shahrida V Islom birdamligi oʻyinlari davom etmoqda.

Hozirgina, -109kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Ruslan Nuriddinovning dast ko'tarishdagi chiqishi yakunlandi. Unda sportchi yangi rekord o'rnatdi va oltin medal sohibi bo'ldi.

Dast ko'tarish mashqini 177 bilan boshlagan Ruslan oltin medalni naqd qildi. Keyingi urinishida 182 kg og'irlikni osonlik bilan bo'ysundirgan bo'lsa, 3-urinishida 187 kg bilan Islom birdamlik o'yinlari rekordini o'rnatdi.

Avvalroq, 20 yoshli og'ir atletikachi Tursunoy Rajabovaning har uchala yo'nalishda oltin medalni qo'lga kiritib, oltin xet-trik qayd etgani haqida xabar bergan edik.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 32000 | Инструменты