Toshkentda dzyudo boʻyicha “Katta dubulgʻa” turniri oʻz yakuniga yetdi. Uch kun davom etgan bahslarda terma jamoamiz 1 ta oltin, 3 ta kumush va 8 ta bronza, jami 12 ta medal qoʻlga kiritdi. Ushbu natija evaziga dzyudochilarimiz umumjamoa hisobida Yaponiya va Xitoy termalaridan keyin uchinchi oʻrinni egallashdi.
Yana bir jihati, 12 ta medal bilan termamiz “Katta dubulgʻa” turnirlarida medallar jamgʻarish boʻyicha oʻz rekordini yangiladi. Bugungi kun qahramonlari bilan tanishing:
Oltin medal:
-90 kg: Shahzodxoʻja Sharipov
Bronza medal:
-90 kg: Nurbek Murtazoyev
-100 kg: Ernazar Sarsenbayev
+100 kg: Alisher Yusupov.
Alpha version: 0.9.1.19 build 30319 | Инструменты