U musobaqaning asosiy mukofoti — 125 ming AQSH dollariga ega chiqdi. Shuningdek, partiyalardagi gʻalabalari uchun belgilangan pul bonuslarini va chempionga atalgan qoʻshimcha jekpotni ham qoʻlga kiritadi. Bu Javohirning jahon chempionligi uchun Gukeshga qarshi oʻtkazadigan matchidan oldingi soʻnggi turniri boʻldi.
AQSHning Sent-Luis shahrida oʻtkazilgan Clutch Chess: Champions Showdown turniri Javohir Sindorovning gʻalabasi bilan yakunlandi.
O'zbekiston Shaxmat Federatsiyasi ma'lumotiga ko'ra, 3 kun davom etgan musobaqada Sindorov dunyoning yetakchi grossmeysterlari — Hikaru Nakamura, Fabiano Karuana va Praggnanandhaaga qarshi kurash olib bordi.
Javohir turnirni jami 20.5 ochko bilan yakunladi.
Musobaqaning umumiy mukofot jamgʻarmasi 425 ming dollarni tashkil etdi. Birinchi oʻrin uchun Javohir 125 ming dollar asosiy mukofotga ega boʻldi.
Bundan tashqari, u partiyalardagi gʻalabalari uchun belgilangan pul bonuslarini va chempionga atalgan qoʻshimcha jekpotni ham qoʻlga kiritadi.
Bu Javohirning jahon chempionligi uchun Gukeshga qarshi oʻtkazadigan matchidan oldingi soʻnggi turniri boʻldi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 103010 | Инструменты