Huawei 1
O‘zbekistonlik para yengil atletikachilar oltin va bronza medalni qo‘lga kiritdi

Fransiyaning Parij shahrida Paralimpiya bahslarining para yengil atletika sport turi bo‘yicha bahslar bo‘lib o‘tmoqda.

Erkaklar o‘rtasida F37 klassida yadro uloqtirish dasturida final bahslari o‘z nihoyasiga yetdi.

Ushbu yo‘nalishda oltin va bronza medallarni ikki nafar o‘zbekistonlik sportchi — Qudratullaxon Ma’rufxo‘jayev hamda Tolibboy Yo‘ldoshev qo‘lga kiritdi.

Qudratullaxon Ma’rufxo‘jayev 16.37 metr natija bilan chempionlikni tantana qilgan bo‘lsa, 15.24 metr natija qayd etgan Tolibboy Yo‘ldoshev bronza medalga sazovor bo‘ldi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91423 | Инструменты