O‘zbekistonlik professional bokschi, super yarim o‘rta vazn toifasida WBA sobiq chempioni Isroil Madrimovning navbatdagi jangi tafsilotlari eʼlon qilindi.
Madrimov keyingi jangini 21 dekabr kuni Ar-Riyodda (Saudiya Arabistoni) tashkil etiladigan boks oqshomi doirasida o‘tkazadi.
Hamyurtimizga ukrainalik Sergey Bogachuk raqib bo‘ladi.
Oqshomning markaziy jangi britaniyalik og‘ir vaznda WBC sobiq chempioni Tayson Fyuri hamda mazkur vaznda to‘rtta kamarni egallab turgan ukrainalik Aleksandr Usik o‘rtasida kechadi.
Eslatib o‘tamiz, Madrimov (10-1-1) o‘zining so‘nggi jangini 4 avgust kuni amerikalik Terens Kroufordga qarshi o‘tkazib, ochkolar hisobiga ko‘ra mag‘lub bo‘lgandi. Ukrainalik 29 yoshli Sergey Bogachuk (24-2-0) esa o‘zining oxirgi jangini Verjil Ortisga qarshi o‘tkazib, imkoniyatni boy bergan edi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122116 | Инструменты