Huawei 1
Rossiyalik sportchi qayig‘i to‘ntarilgan holda finishni kesib o‘tdi va chempion bo‘ldi

Rossiyalik sportchi Zaxar Petrov Samarqandda o‘tayotgan jahon chempionatida 500 metrga kanoeda eshkak eshish bo‘yicha chempion bo‘ldi.

Poygada Zaxar Petrov peshqadamlik qilgan edi, biroq marraga yetguncha uning kanoesi ag‘darilib ketdi va sportchining o‘zi suvga quladi. Musobaqa natijalari bo'yicha rasmiy hisobotda hakamlar rossiyalikning yakuniga yetmaganini ta'kidladilar. Suzish bo‘yicha Moldova sportchisi Sergey Tarnovskiy g‘olib bo‘ldi.

Butun Rossiya baydarka va kanoeda eshkak eshish federatsiyasi hakamlar qaroriga rasman norozilik bildirdi. Xalqaro eshkak eshish federatsiyasi buni asosli deb topdi va oltin medalni Petrovga qaytarishga qaror qildi. U 1 daqiqa 47,293 soniya natija bilan birinchi o‘rinni egalladi.

Zaxar Petrov 22 yoshda. Samarqand shahrida eshkak eshish bo‘yicha o‘tkazilayotgan jahon chempionatida u 1 km masofaga Ivan Dmitriev bilan juftlikda oltin medalni qo‘lga kiritdi. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91318 | Инструменты