Xarbinda qishki Osiyo o‘yinlari davom etyapti. Bugun musobaqa doirasida short-trekning yakkalik yo‘nalishidagi 1000 m masofaga chorak final bellashuvlari tashkil etildi.
Unda ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi aʼzosi Daniil Yeybog 1:27.705 natija qayd etdi. Biroq bu unga yarim final yo‘llanmasi uchun yetarli bo‘lmadi.
Shunday qilib, 27 yoshli Daniil Yeybog Xarbin-2025 qishki Osiyo o‘yinlaridagi ishtirokini yakunladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 21019 | Инструменты