22-noyabr kuni “Alpomish” sport majmuasida Prezident sovrini uchun World Series Pro xalqaro turnirining final bosqichi boʻlib oʻtadi. 23-29-noyabr kunlari Turkmanistonning Ashxabod shahrida kurash boʻyicha kattalar oʻrtasida XIV-Jahon chempionati va IKAning navbatdagi Kongressi oʻtkaziladi.
Mazkur nufuzli kurash tadbirlariga koʻrilayotgan tayyorgarliklar boʻyicha Xalqaro kurash assotsiatsiyasi prezidenti Haydar Farmon, Yoshlar siyosati va sport vaziri, IKA Birinchi Vitse–Prezidenti Adham Ikromovlar ishtirokida matbuot anjumani bo'lib o'tdi.
Unda vazir Adham Ikromov kurash bo‘yicha bo‘lib o‘tayotgan chempionatlarni xorijda o‘tkazish orqali o‘zbek kurashini dunyoga tanitish maqsadi borligini aytdi.
Chempionatlarni chetda o‘tkazishimiz, masalan o‘tgan yili Hindistonda, bu yil Turkmanistonda o‘tkazishdan maqsad milliy kurashimizni imkon qadar butun dunyoga tanitishdan iborat. Afrikada bir o‘tkazsak, Amerikada bir o‘tkazishimiz kerak. Dzyudo bo‘yicha chempionat har safar Yaponiyada o‘tkazilganida u bu qadar ommalashmagan bo‘lardi deb o‘ylayman, — dedi vazir.
Uning qo‘shimcha qilishicha, chempionatlarni O‘zbekistonda ham o‘tkazishga imkoniyatlar borligini ma'lum qildi.
"O‘ylaymanki, tez orada O‘zbekiston ham milliy kurash bo‘yicha chempionatlarga mezbonlik qiladi", — dedi Adham Ikromov.
Alpha version: 0.9.1.19 build 20806 | Инструменты