“Freddinikida besh tun” filmi 271 million dollar yig‘ib, 2023-yilning eng yuqori daromad keltirgan qo‘rqinchli filmiga aylandi.
Kartina pitseriyaga ishga joylashuvchi qo‘riqchi yigit haqida hikoya qiladi. U tunda kafening animatronikasi jonlanib, qo‘rqinchli ishlarni qilishini bilib oladi. Filmda bosh rollarni Josh Xatcherson, Elizabet Leyl, Metyu Lillard va boshqalar ijro etgan.
Rejissyor Emma Tammi filmning davomini suratga olishni rejalashtirmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 22000 | Инструменты