Huawei 1
2028-yilda mamontlarni qayta dunyoga keltirishmoqchi

AQShda 2028-yilda mamontlarni qayta dunyoga keltirishmoqchi. Mamontchaning tug‘ilishi uchun abadiy muzliklarda topilgan DNKdan foydalaniladi.

Junli mamontga qayta hayot bag‘ishlash uchun Colossal Biosciences (AQSh) biotexnologiya startapi $200 mln jalb etdi, deb xabar berdi Bloomberg. Mamontchani surrogat ona fil dunyoga keltiradi. Kompaniya mamont bolasi doimiy kuzatuv ostida, keng va bioxavfsiz qo‘riqxonada yashaydi, demoqda.

Ko‘pgina olimlarga mamontlarni tiriltirish g‘oyasi shubhali tuyulmoqda. U o‘zgarib ketgan hozirgi iqlim sharoitida yashab keta oladimi, masalaning ikkinchi tomoni ham bor — Osiyo filining hujayralaridan foydalanilishi bizga aynan mamontni beradimi?

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 11718 | Инструменты