Samarqandda 19 yoshli talaba o‘zini 9-qavatdan tashlab joniga qasd qildi

24 fevral kuni Samarqandda 20 yoshli talaba qiz o‘zini 9-qavatdan tashlab joniga qasd qilgani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarga sizdirildi. Ushbu holat yuzasidan Bosh prokakuratura matbuot xizmati rahbari Hayot shamsutdinov Uzreport.news'ga maʼlumot berdi.

Unga ko‘ra, joriy yilning 19 fevral kuni soat 17:00 atrofida 2005 yilda tug‘ilgan S.M. Samarqand shahrida joylashgan ko‘p qavatli uyning 9-qavatidagi xonadonning derazasidan o‘zini pastga tashlab joniga qasd qilgan.

Hodisa joyi tergov tezkor guruhi tomonidan tomonidan ko‘zdan kechirilib, S.M.ning o‘limi sababini aniqlash maqsadida sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Samarqand shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid:

Qo‘qondagi talabalar turar joyida talaba qiz o‘z joniga qasd qildi

Samarqandda 14 yoshli qiz o‘z joniga qasd qildi

Andijonda 9-sinf o‘quvchisi o‘zini ko‘p qavatli uyning tomidan tashlab, joniga qasd qildi

Izohlar: 1
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92213 | Инструменты