Huawei 1
“Avatar: Suv yo‘li” filmi butun dunyo bo’ylab 1,5 milliard dollardan ortiq daromad keltirdi

Dunyoga mashhur rejissyor Jeyms Kemeronning “Avatar: Suv yo‘li” kinokartinasi kecha, 6-yanvar ma’lumotlariga ko’ra butun dunyo bo‘ylab 1,5 milliard dollardan ko‘proq mablag’ to’plagan.

Shunday qilib, ushbu kino Tom Kruz ishtirokidagi “Top Gan: Meverik” filmi erishgan natijani ortda qoldirib, 2022-yilning eng yuqori daromad keltirgan kinokartinasiga aylandi.

Barcha davrlarning eng muvaffaqiyatli filmlari ro’yxatida hozircha u bor-yo’g’i o’ninchi o’rinni egallab turibdi. “Avatar” kinokortinasining 1-qismi esa 2,9 milliard dollar natija bilan ro’yxatda birinchilikni egallagan.

Eslatib o’tamiz, “Avatar: Suv yo‘li” filmining suratga olish budjeti 350-460 million dollarni tashkil qilgan.

Avvalroq tarixdagi eng qimmat 10 ta film nomi ma’lum qilingani va unga ko'ra "Avatar: Suv yo'li" to’rtinchi o’rinni egallagani haqida xabar bergan edik.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 11516 | Инструменты