Huawei 1
Bloomberg: AQSh Pentagon rahbari va Xitoy mudofaa vaziri o'rtasida uchrashuv o'tkazishga harakat qilmoqda

AQSh mudofaa vazirligi iyun oyida Singapurda Pentagon rahbari Lloyd Ostin va Xitoy mudofaa vaziri Li Shanfu o’rtasida uchrashuv tashkil etishga harakat qilmoqda. Uchrashuv “Shangri-La diologi” xavfsizlik bo’yicha yillik sammit doirasida bo’lib o’tishi mumkin. Bu haqda Bloomberg manbalarga tayanib xabar bermoqda.

Nashr bilan suhbat davomida Pentagon matbuot kotibi Martin Mayners hozirda vazirlik rejasida e’lon qilinishi mumkin bo’lgan uchrashuvlar yo’qligini aytdi. Uning qo’shimcha qilishicha, AQSh mudofaa vazirligi “Xitoy harbiy rahbarlari, jumladan, mamlakat milliy mudofaa vaziri bilan ochiq aloqa liniyalarini saqlash tarafdori”.

Aytib o’tish lozimki, ikki davlat mudofaa vazirlarining uchrashuvi fevral oyida AQSh osmonida Xitoy razvedka shari urib tushirilganidan keyingi ilk yuqori darajadagi muzokaralar bo’ladi.

Bloomberg nashrining qayd etishicha, o’tgan yili Lloyd Ostin va Li Shangfu sammit paytida uchrashishgan. 

Eslatib o'tamiz, yanvar oyi oxirida Xitoy havo shari AQSh havo hududiga uchib kirdi. U 4-fevral kuni AQSh prezidenti Jo Bayden buyrug’i bilan urib tushirilgan. Pekin bu kema shamol tomonidan uchib ketgan meteorologik zond ekanligini da’vo qildi, ammo Vashington havo sharini razvedka shari deb hisobladi. Voqea tufayli Davlat kotibi Entoni Blinkenning Xitoyga tashrifi bekor qilingan edi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 21018 | Инструменты