Huawei 1
Bloomberg: NATO mudofaa xarajatlarini keskin oshirdi

Sharqiy Yevropada joylashgan NATO davlatlari Ukrainadagi urush fonida mudofaa xarajatlarini keskin oshirdi. 2024-yilning o‘zida ular 70 milliard dollarga yetdi. Bu haqda Bloomberg xabar berdi.

Hozircha samolyotlar, vertolyotlar, tanklar va raketa tizimlariga buyurtma ortib bormoqda. Keyinchalik tegishli ko‘nikmalarga ega bo‘lgan xodimlarni yollash kerak bo‘ladi, deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, 20 yil davomida bu sohada “deyarli hech narsa qilmaganidan keyin” Yevropa birinchi yoki ikkinchi avlod mashinalaridan to‘g‘ridan to‘g‘ri to‘rtinchi yoki beshinchi avlodga, 386 protsessorli kompyuterdan ko‘p yadroli tarmoq yechimlariga sakrab o‘tmoqda.

Bloomberg eslatishicha, Rossiyaning Ukrainaga keng ko‘lamli hujumidan bir yil oldin, kontingentdagi eng yirik iqtisodiyotlar orasida faqat Britaniya alyans tomonidan belgilangan yalpi ichki mahsulotning 2 foizlik maqsadli ko‘rsatkichga erishgandi.

Hozirda xavfsizlikka eng ko‘p sarmoya kiritayotgan mamlakatlar orasida Polsha bor. U o‘z yalpi ichki mahsulotining 4 foizdan ortig‘ini mudofaaga sarflaydi.

Varshavaning buyurtmalari o‘nlab qiruvchi samolyotlar, Koreya va AQSHdan 1300 dan ortiq tank va Boeing Co.ning 100 ta AH-64E Apache zarba vertolyotlarini o‘z ichiga oladi, bu mamlakatning butun tarixidagi eng yirik xarididir.

Shuningdek, avgust oyida Polsha hukumati Raytheon Technologies Corp. bilan Patriot havo hujumidan mudofaa batareyalari komponentlarini ishlab chiqarish bo‘yicha 1,2 milliard dollarlik shartnoma imzoladi.

Biz nafaqat Yevropaning ushbu qismida, balki NATO doirasida ham eng kuchli armiyalardan biriga aylanamiz, dedi Polsha quruqlik qo‘shinlari dala artilleriyasi boshlig‘i Gjegoj Potshuski.

Bundan tashqari, Polsha 2035-yilgacha professional harbiylar sonini ikki barobardan ziyodga oshirib, ularning miqdorini 250 ming nafarga yetkazish majburiyatini oldi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101018 | Инструменты