Braziliyaning San-Paulu shahrida samolyot avtobus bilan to‘qnashdi. Bu haqda GB News xabar bermoqda.
Hodisa mahalliy vaqt bilan ertalab soat 07:20 da Barra-Funda tumanidagi Markiz de San-Vinsente prospektida sodir bo‘lgan. To‘qnashuv natijasida kuchli yong‘in yuzaga kelgan.
Voqea joyidan olingan videolarda samolyot alangaga o‘ralgani aks etgan. Hozirda tezkor xizmatlar yong‘inni bartaraf etish bilan shug‘ullanmoqda.
Hodisa tafsilotlari va jabrlanganlar haqida hozircha aniq ma’lumot berilmagan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 21019 | Инструменты