Huawei 1
Chips va gazlangan suv inson miyasini kichraytirishi mumkin — olimlar

Chips va gazlangan ichimliklar kabi qayta ishlangan oziq-ovqatlarni iste’mol qilish odamning miyasi holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi va hatto uning hajmini kamaytirishi mumkin. Barselona avtonom universiteti olimlari shunday xulosaga kelishdi.

Soda va chipslardan tashqari, energetik ichimliklar, yog‘li va sho‘r gazaklar, burgerlar va boshqa turdagi fastfudlar shunday mahsulotlar toifasiga kiradi. Odatda, bunday mahsulotlar emulsifikatorlar va boshqa kimyoviy qo‘shimchalar yordamida sanoat sharoitida ishlab chiqariladi.

Olimlar taxminan 50 yoshli 152 kishini tekshirdilar. Ulardan 89 nafari ortiqcha vaznga ega. Tajriba ishtirokchilari magnit-rezonans tomografiya (MRI) va yallig‘lanish biomarkerlarini laboratoriya tekshiruvidan o‘tkazdilar. Ular, shuningdek, qaysi taomlarni iste’mol qilishni afzal ko‘rishlari haqida so‘rovnomalarni to‘ldirishdi.

Ma'lum bo'lishicha, zararli oziq-ovqat chap amigdala va posterior singulat korteks hajmiga salbiy ta'sir ko'rsatgan. Aynan shu bo'limlar oziq-ovqat tanlashda asosiy rol o'ynaydi va o'tmishdagi ta'm sezgilari haqidagi ma'lumotlarni qayta ishlaydi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga