Huawei 1
Fransiyada sobiq prezidentga korrupsiya ishi bo‘yicha elektron bilaguzuk taqildi

Fransiyaning sobiq prezidenti Nikolya Sarkozi 2021 yilda korrupsiya bo‘yicha sudlangani uchun unga elektron bilaguzuk o‘rnatildi. Bu haqda “Le Monde” xabar berdi.

Kelgusi yil davomida 70 yoshli Sarkozi faqat ertalab soat 8:00 dan 20:00 gacha uyidan chiqishi mumkin. Uning yangi jinoyat ishi bo‘yicha sud majlislari o‘tkaziladigan kunlarda bu muddat soat 21:30 gacha uzaytiriladi. Nashr bilaguzuk taqishni sobiq davlat rahbariga nisbatan “misli ko‘rilmagan chora” deb ataydi.

2021 yil mart oyida sud Sarkozini 2014 yilda uning 2007 yilgi saylov kampaniyasini noqonuniy moliyalashtirish bo‘yicha tergov haqida ma’lumot olish uchun sudyaga pora berishga uringani uchun ta’sir o‘tkazish va korrupsiyada aybdor deb topdi. Sobiq prezidentga bir yil haqiqiy qamoq jazosi va ikki yillik sinov muddati berildi, biroq qamoqxona o‘rniga unga ozodlikdagi jazoni o‘tashga ruxsat berildi, lekin elektron bilaguzuk bilan.

Avvaliga u uch yilga ozodlikdan mahrum etilgan, biroq hukm shartli bo‘lgan. Sarkozi hukm ustidan Parij Apellyatsiya sudiga shikoyat qildi, biroq 2023 yilning may oyida yutqazdi. 2024 yilning dekabrida esa qaror Kassatsiya sudi tomonidan o‘z kuchida qoldirildi. Sobiq prezident o‘zining aybsizligini ta’kidlamoqda, uning advokatlari esa Inson huquqlari bo‘yicha Yevropa sudiga shikoyat qilish niyatida.

Yanvar oyida sud Sarkoziga qarshi yana bir ishni ko‘rib chiqishni boshladi. U Muammar Qaddafiy boshchiligidagi Liviya byudjetidan 2007 yilgi saylov kampaniyasini noqonuniy moliyalashtirganlikda ayblanmoqda. 2011 yilda Liviyaga xorijiy intervensiyaning eng ochiq tarafdorlaridan biri bo‘lgan Sarkozi o‘z aybini rad etadi.

Sarkozi 2007 yildan 2012 yilgacha Fransiya prezidenti bo‘lgan. U immigratsiyaga qarshi qat’iy siyosati va global moliyaviy inqirozdan qattiq jabr ko‘rgan Fransiya iqtisodiyotini isloh qilish harakatlari bilan yodda qolgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 21020 | Инструменты